• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda maktab formasi maxsus savdo shoxobchalarida sotiladi

    Joriy yilning 22-yanvar kuni Xalq ta’limi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida videokonferensiya tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Videoselektorda vazirlikning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, shuningdek, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari, ma’naviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari ta’lim bo‘limi boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan qarorida belgilangan vazifalar va hududlardagi holat bo‘yicha batafsil to‘xtaldi.

    Majlis davomida 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilayotgani munosabati bilan ta’lim muassasalari, joylardagi xalq ta’limi bo‘limlari va boshqarmalari rahbarlari maktab formalarini vaqtida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o‘quvchilar soni bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida shakllantirishi lozimligi ta’kidlandi.

    Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari tomonidan maktab direktorlarining maktab formasi xaridi bilan bog‘liq masalalarga aralashishi qat’iyan taqiqlanganligi takror va takror aytilishiga qaramasdan ayrim maktab direktorlari ota-onalarga qaysi ishlab chiqaruvchining maktab formasini sotib olishlari kerakligini “tavsiya” qilib kelayotgani tanqid ostiga olindi. Ta’lim muassasasi xodimlari ushbu jarayonlarga aralashmasligi haqida ogohlantirildi.

    Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qaroriga ko‘ra, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shahobchalarini tashkil etishlari, savdo shoxobchalarining joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi belgilangan.

    Yig‘ilish yakunida qarorda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar bilan birgalikda maktablarda tashkil etiladigan ota-onalar majlislarida ta’lim muassasalariga maktab formasining afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini doimiy ravishda olib borish, maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvini qat’iyan cheklash bo‘yicha choralar ko‘rish kabi qator vazifalar belgilab berildi.

    Shuningdek, mazkur yig‘ilishda 2018-yil davomida hududlarda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar ham atroflicha muhokama etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    25.01.2019, 17:59   Izoh (0)   25210
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Senat a’zoligiga saylandi

    25.01.2019, 17:50

    Toshkentdagi xonadonladan biriga o‘g‘rilikka tushgan 6 niqobli bosqinchi qo‘lga olindi (video)

    25.01.2019, 17:50

    26-yanvar kuni O‘zbekistonda havo 15 darajagacha isishi kutilmoqda

    25.01.2019, 17:46

    Samarqanddagi mashhur akvapark demontaj qilinmoqda

    25.01.2019, 17:39

    Turkiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari oktabr oyida bo‘lib o‘tadi

    25.01.2019, 17:05

    Mast holatda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan andijonlik haydovchi 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    25.01.2019, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.