O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 18-yanvardagi qaroriga asosan, 25-yanvar kuni Samarqand viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.
Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov ochdi.
Majlisda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Yig‘ilish oqsoqollar kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati a’zoligiga nomzod taklif etildi. Deputatlar nomzod bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildirdi.
Shundan so‘ng Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, 7-Istiqlol saylov okrugidan Samarqand viloyati Kengashi deputati, Samarqand viloyati hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Izoh (0)