O‘zbekiston 2018-yilda 222,1 million dollarlik 115,6 ming tonna paxta tolasi eksport qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.
Oxirgi 4 yil mobaynida paxta tolasi eksporti hajmi bir necha bor kamaydi. Jumladan, bu ko‘rsatkich 2015-yilda 503,8 ming tonna (736,1 million dollar), 2016-yilda 416 ming tonnani (637,3 million dollar) tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 278,9 ming tonnaga (477,1 million dollar) tushib qoldi.
Eksport umumiy hajmida paxtaning ulushi 2015-yildagi 5,9 foizdan 2018-yilda 1,6 foizgacha qisqardi.
Izoh (0)