Joriy yilda Toshkentda bo‘sh turgan va samarasiz turgan joylarga davlat xususiy sektor hamkorligida biznes jalb etish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov jurnalistlar bilan norasmiy uchrashuvda ma’lum qildi.
Ayni paytda Toshkent madaniyat boshqarmasi tarkibiga tanazzulga yuz tutishi arafasida bo‘lgan 34 ta sobiq madaniyat uylari kiradi. Ularda pullik asosda til, ta’lim va madaniyatga oid turli kurslar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, bunday xizmatlarning muayyan foizi bepul asosda berilishi mumkin.
Izoh (0)