19-yanvar kuni internetda eng yoqimtoy kuchuk nomi bilan mashhur bo‘lgan Bu ismli kuchuk vafot etdi, deb yozmoqda TJournal.
Xabarda aytilishicha, kuchuk 12 yoshda vafot etgan bo‘lib, uning Facebook’dagi sahifasida 12 mingta obunachilar bor.
Uning egalarining ta’kidlashicha, 2017-yilda kuchukning eng yaqin do‘sti — Baddi ismli kuchuk vafot etganidan so‘ng u yurak kasalligiga chalingan.
Ular 2006 yilda tanishgan bo‘lib, doim birga yurishgan va ijtimoiy tarmoqlarda suratlari qo‘yilgan. 2010-yilga kelib esa kuchuk mashhurlikka erishgan. U dunyo yulduzlari e’tiboriga tushadi, teleshoularga taklif qilinadi. Keyinchalik esa “Bu — dunyoda eng yoqimtoy kuchuk hayoti” nomli kitob chop etilgan.
Izoh (0)