17-yanvar kuni Liverpul sudi 38 yoshli britaniyalik Mark Fellouzni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, uyushgan jinoyatlar sodir etishda ishtirok etganlikda ko‘p yillardan beri gumon qilib kelingan shaxs dong‘i ketgan ikkita katta jinoyatlar sodir etishda aybdor deb topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning jinoyatga aloqadorligini isbotlashga GPS-treker o‘rnatilgan sport soati yordam bergan.
Politsiyada 100 dan ortiq gumonlanuvchilar bo‘lgan. Ular orasida avval qurollanib o‘g‘rilik sodir etishda sudlanigan Mark Fellouz ham bo‘lgan, biroq politsiyachilar uning aydor ekanligini isbotlay olmagan.
Fellouz uyi tintuv qilingan vaqtda GPS-treker o‘rnatilgan Garmin sport soati topilgan. Soatda uning egasi harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali politsiya ikkala jinoyatlarga aloqadorligini isbotlagan.
2019-yilning 17-yanvar kuni sud Fellouzni umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan.
Izoh (0)