Boshqirdistonlik maktab o‘quvchisi Arslon Qaipqulov o‘zining YouTube-kanalida Yangi yil oldidan Rossiya prezidenti samolyoti bortida tasvirga olgan lavhasini joylashtirdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Arslon Vladimir Putin Moskvadagi volontyorlar syezdida bo‘lgan chog‘ida istaklarini qondirishga bel bog‘lagan 5 nafar og‘ir xastalikka chalingan bolalardan biri edi.
Putin Sibay shahrida yashovchi bolaaviamodellashtirishga qiziqishi va Il-96-300 samolyoti haqida lavha olishni orzu qilishini bilib, uni birinchi raqamli bortga taklif qildi.
Arslonning aytishicha, ungacha bu samolyotga faqat bitta tasvirga olish guruhi ko‘tarilgan. U samolyotni “o‘ta katta va g‘aroyib planirovkali kvartira”ga o‘xshatdi.
Izoh (0)