Yirik miqdordagi davlat mablag‘ini talon-taroj qilganlikda gumon qilinayotgan va ishdan chetlatilgan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev garov evaziga qo‘yib yuborildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
“Ostona tumanlararo maxsus tergov sudi gumonlanuvchi Yerik Miltiqbayevich Utembayev uchun garov ehtiyot chorasini qo‘lladi”, — deyiladi sud xabarida.
Garov summasi ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston aksilkorrupsiya xizmati Utembayevni mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi qurilishi davomida 140 million tenge (370 ming dollar atrofida) miqdoridagi mablag‘ni talon-toroj qilganlikda gumonlamoqda.
Izoh (0)