Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Tezkor tadbir davomida Gurlan tuman hokimining yordamchisi U.K fuqaro U.dan uni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tizimidagi muassasalarning biriga Gurlan tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament xodimlari tomonidan U.Kning ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi M.M tuman hokimi yordamchisi U.K bilan uchrashib oldindan kelishilgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar U.K va M.Mlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)