2019-yilning 14-yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida viloyat hokimi o‘rinbosari J.Ibrahimov raisligida aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yuzaga kelayotgan kamchiliklarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YoXB xabar berdi.
Yig‘ilishda viloyat hududidagi 221 ta mahallalardagi har bir aholi turar joylari va obyektlar ko‘rikdan o‘tkazilishiga e’tibor qaratilib, gaz va elektr moslamalari xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiqligi, isitish pechlarining mo‘rikonlarini sozligi, nosoz, qo‘lbola va o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan gaz va elektr uskunalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinayotganiga alohida e’tibor qaratilishi qayd etildi.
O‘rganishlar davrida 12 ming 334 ta kamchiliklar aniqlanib, shulardan 8 ming 663 tasi bartaraf etildi qolgan kamchiliklarni bartaraf etilishini mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.
Viloyat hududidagi 568 ta davlat tasarrufidagi obyektlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar hamda 134 ta tadbirkorlik subyektida o‘tkazilgan yong‘in-profilaktika ko‘rigida 830 ta yong‘inga qarshi kamchiliklar aniqlanib, shulardan 540 tasi bartaraf etilgan.
Tekshiruvlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzayotgan 97 nafar fuqarolar 2,1 million so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortilib, yong‘in sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 380 ta elektr uskuna, moslama va agregatlardan foydalanish taqiqlandi.
Izoh (0)