• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Karimov fondi: Birinchi Prezident saqlab qolgan harbiy aviatsiya O‘zbekistonni ochlikdan qutqargandi

    O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z armiyasiga ega emas edi. Mamlakat hududida SSSRning bir necha respublikasini qamrab olgan Turkiston harbiy okrugining harbiy qismlari joylashgan edi. Bu haqda Karimov fondi eslatib o‘tdi.

    Foto: Karimov fondi

    Foto: Karimov fondi

    O‘sha kezlar jangovar bo‘linmalar bir respublikada, qo‘shin ta’minoti va omborlar esa boshqasida joylashgan bo‘lar edi. Boshqacha aytganda, bir respublika hududida yaxlit harbiy tuzilma mavjud emas edi.

    Mamlakatning yon-atrofida, xususan, Tojikiston va Afg‘onistonda ro‘y berayotgan xavotirli jarayonlar O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini ta’minlash masalalarini hal etish borasida shoshilinch choralar ko‘rishni talab etar edi.

    Shu bois, 1991-yil oxirida bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozonganidan keyinoq Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning milliy Qurolli Kuchlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

    Oliy Kengashning 1992-yil 14-yanvarda o‘tgan sessiyasida Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston hududida joylashgan barcha quruqlikdagi qo‘shinlar qismlarini respublika yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Ertangi kun haqida qayg‘uradigan chinakam yetakchi sifatida Prezident Karimov 1992-yil 7-fevral kuni Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha ko‘char hamda ko‘chmas mulklar xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayoniga jalb etilmasligi to‘g‘risida buyruq berdi. Ayni shu farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi hududidan qurol-aslaha, texnika va asbob-uskunalarni olib chiqib ketish ham taqiqlandi.

    Ushbu dadil chora-tadbirlar tufayli mamlakat harbiy-transport aviatsiyasi, jumladan, hozirga qadar safda bo‘lgan ayrim samolyotlar saqlab qolindi.

    Qayd etish joizki, sobiq SSSR respublikalari orasida o‘n yillar davomida shakllangan xo‘jalik aloqalari uzilishi oqibatida istiqlol tongida O‘zbekistonda juda murakkab iqtisodiy holat vujudga kelgan edi. Respublikaning geografik joylashuvi esa vaziyatni yanada mushkullashtirgan edi (na taraqqiy etgan mamlakatlar, na dengiz portlariga erkin chiqish yo‘li mavjud edi, buning uchun kamida ikki davlat chegarasini kesib o‘tish talab etilar edi).

    Iqtisodiyot inqiroz yoqasiga kelib qolgan, yosh davlat murakkab tarixiy davrni boshdan kechirar edi. Mustaqillik e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay Prezident Karimovga mamlakatda atigi 7-10 kunga yetadigan don-dun qolgani va ocharchilik havfi kelib chiqishi mumkunligi borasida ma’lum qilinadi. Islom Karimov donni shoshilinch ravishda boshqa mamlakatlardan keltirish borasida buyruk beradi. Masala dolzarb ekani va uni juda tez muddatda hal etish lozim bo‘lgani sabab, birinchi bosqichda bu vazifa Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari tufayli saqlab qolingan harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlari tomonidan muvaffaqiyatli bajariladi. Keyinroq esa mamlakatga temiryo‘l transporti orqali barqaror tarzda oziq-ovqat keltirish yo‘lga qo‘yiladi.

    O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti va Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan keyingi islohotlar tufayli mamlakat Qurolli Kuchlari dunyoda mudofaa salohiyati borasida kuchlilardan biriga aylandi; nafaqat Markaziy Osiyoning aholisi eng zich davlatida, balki butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashda muhim rol o‘ynadi.

    Hozirda harbiy salohiyat bo‘yicha butunjahon indeksida (Global Firepower Index) O‘zbekiston Qurolli Kuchlari 128 mamlakat orasida 39-o‘rinni egallab turibdi. Sobiq sovet davlatlari orasida esa mamlakat Qurolli Kuchlari harbiy salohiyat bo‘yicha Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

    15.01.2019, 09:45   Izoh (0)   60306
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi bolalar tibbiyot markazida to‘xtatilgan yurakda operatsiya amalga oshirildi

    15.01.2019, 08:30

    Uzbekistan Airways’ga qarashli yana bir Dreamliner ishdan chiqqani xabar berilmoqda

    14.01.2019, 22:18

    Xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish va “Ziyo” markazlari tashkil etildi

    14.01.2019, 22:15

    2020-yilda O‘zbekistonda kinoteatrlar, teatrlar, tadbirlarning chiptalari elektron sotilishni boshlaydi

    14.01.2019, 22:15

    Nodir Jo‘rayev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi

    14.01.2019, 22:05

    Namangandagi viloyat muzeyida tashkil etilgan tadbir Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi

    14.01.2019, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Hindistonga 25 foiz, Braziliyaga esa 50 foiz boj joriy qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:00

    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

    Reklama | 6 avgust, 22:09

    Germaniya madaniyat arboblari Mertsdan Isroilga qurol yetkazib bermaslikni so‘radi

    Dunyo | 6 avgust, 22:45

    Toshkent viloyatida 18 yoshli yigitlar mashina o‘g‘irlab, IIB va YPX xodimlarini jarohatladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 22:35

    AQSH sobiq prezidenti va uning rafiqasi Epshteyn ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

    Dunyo | 6 avgust, 22:25

    Xorazm viloyatida 119 nafar xodimning jami 1 mlrd so‘mdan ortiq maoshi undirib berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 22:11

    AQSH armiyasi havo operatsiyalarini boshqarishda sun’iy intellektni joriy etishi mumkin

    Dunyo | 6 avgust, 21:57

    Toshkentda nafaqaxo‘r qarindoshi nomiga 35 mln so‘m kredit olgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:40

    G‘azo aholisi suv yetishmovchiligiga duch kelyapti

    Dunyo | 6 avgust, 21:25

    Andijonlik fuqaro 10 yillik alimentni oldindan to‘ladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:15

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 6 avgust, 21:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.