Namangan viloyat tarixi va madaniyati muzeyida “Vatanga xizmat qilish —eng oliy saodat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga muzey mutasaddilari ma’lum qildi.
Tadbirda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, faxriylar kengashi vakillari, baynalminalchi jangchilar, Namangan shahridagi harbiy qism askarlari, NamDU talabalari, IIV huzuridagi akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda milliy armiyaning tashkil topishi, mustaqillik yillarida harbiy sohadagi islohotlar, bugungi kunda harbiy xizmatchilarga berilayotgan e’tiborga to‘xtalib o‘tildi.
Namangan shahridagi 7-umumta’lim maktab o‘quvchilarining bayramga atab tayyorlagan kompozitsion chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik ulashdi.
Izoh (0)