AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan navbatdagi uchrashuvni fevral oyi o‘rtalarida Vyetnamda o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Pxenyan Vashingtonning mazkur taklifini ko‘rib chiqayotgani, biroq hali rasman javob bermagani bildirilmoqda.
Ma’lumot uchun, ilk AQSh—KXDR sammiti o‘tgan yil iyunida Singapurda bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)