AQShning Chexiya poytaxti Pragada joylashgan elchixonasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Elchixona hududidagi qurilish anjomlari turadigan ikki xona alanga olgan. Uni bartaraf etishda elchixona xavfsizlik xizmati nazorati ostida 3 ta o‘t o‘chirish brigadasi ishtirok etdi.
O‘t o‘chiruvchilarning elchixona hududiga kirishi uchun AQSh tomoni ruxsatini olishga bir soatga yaqin vaqt ketgani aytilmoqda.
Hodisada hech kim jabrlanmadi. Yong‘in sabablari yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)