Rossiyaning Omsk shahridagi masjidda yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Masjid binosida ’issiq pol’ tizimida alanagalanish sodir bo‘lgan. 11-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 5:25 da hodisa haqida xabar kelib tushgan, 6:50 da esa yong‘in to‘liq bartaraf etilgan”, — deya ma’lum qildi Rossiya FVVning Omsk viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Yong‘inni o‘chirishga FVVning 31 nafar xodimi va 7 ta texnika jalb etildi. Qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmadi.
Izoh (0)