AQSh Yaqin Sharqda terrorchilarga zarba berishni davom ettiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh terrorizmga qarshi kurashda ishonchli hamkor bo‘lib qoladi. Nishonlar paydo bo‘lishi bilan mintaqadagi aviazarbalar davom ettiriladi. AQSh IShIDni yengish uchun koalitsiya hamkorlari bilan ishlashda davom etadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)