Amerikalik milliarder Tom Steyer AQSh prezidentligi uchun kurashmaydi, buning o‘rniga u amaldagi prezident Donald Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishiga erishishga e’tibor qaratadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tom Steyerning aytishicha, u butun vaqtini, kuchi va resurslarini Trampga nisbatan impichment e’lon qilish va uni o‘z lavozimidan chetlatish bo‘yicha ishga sarflaydi.
Milliarderning va’da qilishicha, bu ishlar uchun u 40 million dollar miqdorida investitsiya ajratadi. Milliarder 2017-yilda ham Kaliforniya gubernatorligi va AQSh senatiga saylanish haqida o‘ylaganda bu ishni qilishga uringan, biroq keyinchalik bu fikrdan bosh tortgan.
2017-yilda Steyer Trampga qarshi kampaniyani haqiqatda boshlagan va Need to Impeach (“Impichment e’lon qilish kerak”) nomli telereklamani taqdim etgan. Reklamada milliarder nima uchun Trampni lavozimdan chetlatish kerakligini tushuntirgan.
Izoh (0)