7-yanvar kuni soat taxminan 14:30 larda Quyi Chirchiq tumanida, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi – 1976 yilda-tug‘ilgan K.N. yo‘lni chap tomondan o‘ng tomonga kesib o‘tayotgan 2011-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan piyoda A.I.ni urib yuborgan, natijada A.I. olgan og‘ir tan jarohati oqibatida Quyi Chirchiq tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot guruhiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ma’lumotlariga ko‘ra, ota-onasining nazoratidan chetda qolgan A.I yo‘l yuzida joylashgan do‘kondan chiqib, yo‘lni belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan vaqtida ushbu yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasining tegishli qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)