10-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “B” guruhidagi birinchi bellashuvda Iordaniya terma jamoasi Suriya termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Barcha gollar 1-bo‘limda kiritildi. 26-daqiqada Musa al-Taamari Iordaniyani hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib Toriq Hattob jamoaning ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0).
Natijada 2 turda ham g‘alabaga erishgan Iordaniya terma jamoasi muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, ushbu guruhning ikkinchi o‘yini 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Falastin termasi Avstraliya terma jamaosiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Kubogi—2019
“B” guruhi, 2-tur
10-yanvar, payshanba
Izoh (0)