AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning ma’lum qilishicha, Amerika qo‘shma shtatlari 99% terrorchilik guruhini yo‘q qilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Suriyada “favqulodda muvaffaqiyatli kampaniya” o‘tkazgan. Shuningdek u Amerika qo‘shma shtatlari tomonidan IShID faoliyati kuchayib ketmasligi uchun nazorat ushlab turilishini aytgan.“Biz IShID guruhlarining 99 foizini yo‘q qildik. Har bir yangilik xabarini shundan boshlash kerak. Shunday emasmi? Hamma gapimga qo‘shiladimi?” — deydi Pompeo.Ushbu ma’lumotni Pompeo Ammanga parvoz chog‘ida samolyotda jurnalistlarga aytgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)