AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonning yangi rahbarini tayinlashda muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Jeyms Mettisning iste’fosidan so‘ng ushbu lavozim taklif etilgan ikki kishi ham bunga rad javobini bergan.
Politico nashriga ko‘ra, Tramp AQSH mudofaa vazirligini boshqarishni sobiq senator Jon Kayl va istyefodagi general Jek Kinga taklif etgan, biroq ularning ikkovi ham buni istamagan.
Hozirda Pentagon rahbari vazifasini mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Patrik Shanaxan vaqtincha bajarib turibdi.
Izoh (0)