Yangi Zelandiya aholisi mamlakat osmonida sirli nur taratuvchi obyektning uchib o‘tganiga guvoh bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Ushbu holat guvohlar tomonidan rasmga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylandi.
Olovli shar mamlakat shimolidagi Koromandel yarim oroli ustidan 5-yanvar kuni uchib o‘tgan.
Kadrlarda osmonda nur taratayotgan obyektning katta tezlikda uchib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. U ortidan uzun iz qoldiruvchi kometani eslatadi.
Ayrim internet foydalanuvchilari ushbu obyektning meteorit qoldig‘i yoki kosmik yo‘ldoshning bir qismi bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Izoh (0)