7-yanvar kuni Meksikaning Playa del Karmen shahridagi bardagi otishma oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Otishma Las Virginias nomli barda sodir bo‘lgan.
“Barda olti kishi otib o‘ldirilgan holda topilgan. Yana bir kishi mahalliy shifoxonada vafot etdi”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, yana bir kishi yaralangan va omon qolgan.
Otishma sodir etgan shaxslar kimligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)