Kubada AQSh diplomatlari akustik hujum sifatida qabul qilgan tovushlar chigirtkalarning chirilashi bo‘lishi mumkin. Olimlar aynan shunday xulosaga keldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Britaniya universitetining sensor biologiya professori Fernando Montealegre-Dzapata va amerikalik tadqiqotchi Aleksandr Stubbning aniqlashicha, “akustik hujum” sifatida qabul qilingan ovozlar eng kichik detaligacha, xususan davomiyligi bo‘yicha ham chigirtkalar chirillashiga to‘liq mos keladi.
Olimlar hatto chigirtkaning ham turini aniqladi — bu Hindiston kalta dumli chigirtkasi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh hukumati 2016—2017-yillarda Kubada 24 nafar diplomat “akustik hujum”dan aziyat chekkanini ma’lum qilgan.
Diplomatlar eshitish qobiliyatining yo‘qolishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va diqqatni jamlay olmaslikdan shikoyat qilgan.
AQSh ushbu masala bo‘yicha javobgarlikni Kubaga yuklagan va elchixonasining 60 foiz xodimlarini chaqirib olgan. Kuba hukumati “akustik hujum” o‘tkazilganini inkor etgan.
Izoh (0)