Eron g‘arbida, Iroq bilan chegara yaqinida 6-yanvar kuni zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat tibbiyot xizmati rahbariga ko‘ra, Kirmonshoh viloyatidagi yer osti silkinishlarida 75 kishi jabrlandi. Ularning aksariyati yengil jarohat olgan.
AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasini avval 5,9 darajasida belgiladi, ammo keyinchalik 5,5 gacha pasaytirdi.
Izoh (0)