Moskvadagi savdo markazlaridan birida erkak va ayollarning Number one hamda Russian woman atirlari sotilmoqda. Ularda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning siymosi va mamlakat gerbi aks etgan, deya xabar beradi “MK.ru”.
Atirlar qutisida Inspired by Vladimir Putin, ya’ni “Vladimir Putin tomonidan ilhomlantirilgan”, deya bitilgan.
Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning nomi tijoriy maqsadlarda foydalanilishi hech kim tomonidan ma’qullanmagani bildirilgandi.
Parfyum ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar qo‘llanishi yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)