Rossiyaning Penza viloyatida 5-yanvar kuni ro‘y bergan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
“Ural” federal trassasining 556 kilometrida, Virga qishlog‘i yaqinida Volvo yuk mashinasi Hyundai Elantra avtomobilini pajaqlab tashladi.
Moskva raqamlariga ega yengil mashinada 4 kishi bo‘lgani va ularning barchasi halok bo‘lgani bildirilmoqda. Politsiya hozirda ularning shaxsini aniqlamoqda.
Izoh (0)