Britaniyaning yetakchi nashrlaridan biri The Guardian 2019-yilda dam olish uchun borish lozim bo‘lgan hududlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Nyu-York, Florida, Tayvan, Qirg‘iziston, Singapur, Mexiko, Gavana, Gujarat, Durban, Manchester, Lion, Plovdiv kabi ko‘plab shahar va mamlakatlar kiritilgan ro‘yxatdan Samarqand shahri ham o‘rin oldi.
“Bugun u yerga borish ham ancha qulaylashgan. Turkish Airlines Istanbul—Samarqand marshrutini yo‘lga qo‘ydi, natijada O‘zbekistonning eng go‘zal shahrini Londondan faqat bitta bekat ajratib turadigan bo‘ldi. Shaharlarni bog‘lab turadigan poyezdlar tarmog‘i sayyohlar uchun bir qator qulayliklarni taqdim etdi. Ammo bu degani poytaxt Toshkentni ko‘rmasdan o‘tib ketish kerak degani emas, chunki bugungi kunda Toshkentning eng go‘zal me’moriy obyektlaridan biri bo‘lgan metroda suratga olish uchun ruxsat berildi”, deyiladi nashrda e’lon qilingan maqolada.
Izoh (0)