23 yoshli ikki nafar erkak o‘z mopedida qog‘ozdan yasalgan politsiyachiga pul taklif qilayotganini video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Bu haqda “Tjournal” xabar berdi.
Keyinroq rolik qahramoni ham, operator ham politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Yigitlarga politsiya sha’nini yerga urish, davlat mulkiga zarar yetkazish hamda huquq-tartibot organlarining nufuziga putur yetkazish kabi ayblovlar qo‘yildi. Ularning ishi sudda 3-yanvar kuni ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra yigitlar garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shri-Lankada rasmiy jarimalardan qochish va uzoq vaqt sud ishida qatnashishning oldini olish maqsadida ofitserlarga pora berish keng tarqalgan. Transparency International huquqni himoya qilish tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya Shri-Lankada eng korrupsiyalangan ijtimoiy institut sanaladi.
Izoh (0)