Toshkentdagi Yangi yil sayllari o‘tkazilayotgan joylarda ilk bor bepul Wi-Fi ishga tushdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Foydalanuvchilar uchun limitsiz trafik bo‘yicha tezligi 20 Mb/s bo‘lgan kanal ochildi.
Shunday xizmat va tezlikdan bayram yarmakasi o‘tkazilayotgan Central Park (sobiq Telman bog‘i) hududida ham foydalanish mumkin.
Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Innovation Technologiyes kompaniyasi tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)