Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati IIB xodimlari Bo‘ka tumanidagi 15-sonli va Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uylarida bo‘ldi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi.
Boshqarma rahbariyati hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bolajonlarga atab olib kelingan sovg‘a-salomlar o‘z egalariga topshirildi.
Shuningdek, bayram tuhfalarini mamnuniyat bilan qabul qilgan bolalar ishtirokida tayyorlangan ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar tadbir qatnashchilariga manzur bo‘ldi.
Izoh (0)