Noyob video muallifi National Geographic’dagi mushuksimonlarni saqlab qolish loyihasi doirasida faoliyat olib borgan biolog Lyuk Dollar bo‘ladi. Bu haqda National Geographic yozadi. Yaguarning hujumi Braziliyadagi Pantanal tektonik botqoqligi hududida suratga olingan.
Pantanalning umumiy maydoni 195 ming kvadrat kilometr bo‘lib, u sayyoraning eng yirik botqoqligi sanaladi. Bu yerning tabiati rang-barang: o‘simliklarning 3500 turi, qushlarning 650 turi, baliqlarning 230 turi, sutemizuvchilarning 80 turi, sudralib yuruvchilarning esa 50 turi mavjud. Bu yerda 20 millionga yaqin timsoh yashaydi.
Yaguar sher va yo‘lbasrdan farqli o‘laroq, yashash joyida tuyoqlilar bo‘lmaganligi sababli odatda suv oldida ov qiladi. Uning asosiy o‘ljasi — kapibarlar, kaymanlar, hamda o‘zi kuchi yetadigan har qanday hayvonlardir.
O‘ljasiga tashlanganida yaguar unga orqadan hamla qilib bo‘ynidan tishlaydi, keyin esa yerga ag‘daradi. Ammo qurbon yaguarni sezib qolib qocha boshlasa, yaguar uning ortidan hech qachon quvmaydi.
Izoh (0)