Misr Ichki ishlar vazirligi (IIV) Gizadagi sayyohlar avtobusi portlatilganidan so‘ng o‘tkazilgan reydlar davomida mamlakatning turli hududlarda 40 nafar terrorchi o‘ldirilgani ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Reydlar Giza va Shimoliy Sinay viloyatlarida o‘tkazilgan. IIV axborotiga ko‘ra, jangarilardan o‘qotar qurollar va portlovchi uskunalar olib qo‘yilgan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, jinoyatchilar boshqa teraktlarni amalga oshirishni, xususan, nasroniy cherkovlarida portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 28-dekabr kuni Gizadagi ehromlar yaqinida sayyohlar avtobusining portlatilishi oqibatida vyetnamlik uch nafar turist halok bo‘lgan, yana 10 kishi turli darajada jarohat olgandi.
Izoh (0)