• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    17 yildan buyon baland parvoz qilayotgan “MuzA”: Muvaffaqiyatli o‘zbek kompaniyasining omadli asoschisidan bo‘lajak biznesmenlarga tavsiyalar

    Biz amerikalik yoki yevropalik taniqli biznesmenlarning muvaffaqiyat tarixlarini o‘qib, hayratlanishga, ilhomlanishga odatlanib qolganmiz. Ularga havas qilamiz. “Ulardan o‘rganish kerak”, deymiz o‘zimizga ham, boshqalarga ham. To‘g‘ri, ulardan o‘rganish kerak, lekin ular, nima bo‘lgan taqdirda ham, rivojlangan Amerika va Yevropa sharoitida, uning yozilgan va yozilmagan qonunlariga muvofiq ishlab muvaffaqiyatga erishgan biznesmenlardir. Bizga esa O‘zbekiston sharoitida oyoqqa turgan, raqobatga to‘la erkin bozor sharoitida rivojlangan va o‘n yillar o‘tsa-da, bozordagi yangi raqobatchilar oxiri ko‘rinmas darajada ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, rivojlanishda davom etayotgan mahalliy biznesmenlarning faoliyati qiziq ham ibratlidir.

    Agressiv va ommaviy reklamaga deyarli murojaat qilmagan bo‘lsa-da, “MuzA” brendi aksariyat odamlarga tanish, ushbu brend ostida tayyorlangan mahsulotlarni ko‘pchilik iste’mol qilgan, kimlardir uchun hayotining bir bo‘lagiga ham aylangan. Dastlab “Slavyanskiye” pryaniklari bilan tanilgan kompaniya keyinchalik minglab ayollarning og‘irini yengil qilgan qatlamli xamirlar, muzlatilgan qatlama va lag‘monlari bilan O‘zbekiston bozorida haqiqiy shov-shuv ko‘tardi, butun boshli yangi ishlab chiqarish — yarim-tayyor oziq-ovqat mahsulotlari tarmog‘iga asos soldi. Gollandiya va Germaniyaning zamonaviy uskunalarida, kimyoviy konservantlarsiz va sun’iy qo‘shimchalardan foydalanmay ishlab chiqariladigan qatlamli tayoqchalar, quloqchalar, sulili pechenyelar esa bozorda ko‘p yillardan beri o‘z o‘rniga ega. “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘ida ushbu supermarket brendi ostida sotilayotgan non mahsulotlari ham “MuzA” tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, allaqachon o‘z xaridorlarini topib ulgurgan.

    “MuzA”

    “MuzA”

    Bu 2001-yilda asos solingan, ishni atigi uch kishi bilan boshlab, bugungi kunda bir-biri bilan hamnafas va hamfikr 250 kishini birlashtirgan, bir oylik aylanmasi 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan “MuzA” muvaffaqiyatlarining bir qismi, xolos. Albatta, u birdan muvaffaqiyatli kompaniyaga aylanib qolmagan — qayerdadir xatoga yo‘l qo‘yilgan, qaysidir qadam ko‘p million so‘mlik zararlarga olib kelgan, shoshilinch sotib olingan texnologiyalar pand bergan. Lekin xatolardan chiqarilgan to‘g‘ri xulosalar samarasi o‘laroq kompaniya 17 yildan beri barqaror rivojlanishda va, eng asosiysi, xaridorlar ishonchini oqlashda davom etmoqda. Ushbu yutuqlar ortida esa “MuzA” asoschisi va rahbari Shukurulla Fayzullayev turibdi. Uning muvaffaqiyat tarixi, albatta, o‘z biznesini boshlash niyatidagi yoshlar uchun ibratli va saboq bo‘lishi aniq.

    Shukurulla aka o‘z maslahatlari tugal haqiqat emasligiga alohida urg‘u beradi. “Men nazariyotchi yo marketolog emasman, hatto oliy iqtisodiy ta’lim ham ko‘rmaganman. Quyidagi maslahatlar faqat shaxsiy tajriba orqali to‘plangan xulosalardir. Shunday ekan, ular kimgadir noto‘g‘ri yo noaniq bo‘lib ko‘rinishi ham mumkin. Ehtimol, boshqa biznesmenlar ham aynan shu bosqichlardan o‘tgandir”, — deydi u.

    Tavsiyalar

    O‘zingiz yaxshi bilgan va yaxshi ko‘rgan sohada biznes qiling

    Yangi ish boshlamoqchi bo‘lganlarning aksariyati ishni nimadan boshlasam ekan, qanday mahsulot ishlab chiqarsam/qanday xizmat ko‘rsatsam ekan, bunga qancha pul kerak bo‘ladi, degan savollarga javob izlaydi. Buni noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi, ammo men boshqacharoq yondashuvni tavsiya qilgan bo‘lardim: qaysi sohani yaxshiroq bilaman, qaysi sohada bilimim, tajribam bor, degan savolga javob topgan ma’qul. Ma’lum bir sohada tajriba yoki bilimga ega bo‘lsangiz, o‘sha soha bo‘yicha biznesda yutuqqa erishishingiz ehtimoli katta. Boz ustiga, kishi o‘zi bilgan va yaxshi ko‘rgan sohasida tezroq natijaga erishadi, chunki ishga bilim va tajribasidan tashqari mehrini ham beradi.

    Faoliyatini uch kishi bilan boshlagan “MuzA”da bugungi kunda 250 kishi mehnat qilmoqda

    Faoliyatini uch kishi bilan boshlagan “MuzA”da bugungi kunda 250 kishi mehnat qilmoqda

    Bino yo uskuna haqida emas, mutaxassis haqida o‘ylang

    “Men investor sifatida faqat pul tikaman, ishni chetdan yollangan yaxshi mutaxassislar qilsin”, deyishingiz mumkin. Bu ham noto‘g‘ri emas. Ammo dastlab o‘sha yaxshi mutaxassislarni topish kerak — bozorda esa yaxshi mutaxassislarga talab yuqori, shunga yarasha ular qimmat va kamyob. Nima bo‘lgan taqdirda ham, o‘zingiz uchun yangi, notanishroq sohada biznes boshlamoqchi ekansiz, birinchi galda yaxshi mutaxassis toping, aslo bino yoki uskuna emas. Biznesingiz uchun qanday bino va uskuna kerakligini esa sizga o‘sha mutaxassisning o‘zi aytadi.

    Yollanma xodim bo‘lib tajriba to‘plang

    Biror sohada yetarlicha tajribaga ega emassiz, boz ustiga hali yosh bo‘lsangiz, maslahatim — birdan mustaqil biznesga qo‘l urmang. Yaxshisi, sizning qarashlaringiz mos, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari yoki ko‘rsatayotgan xizmatlari ma’qul biror korxona/tashkilotga ishga kiring. Bu bilan bir emas, bir necha maqsadga erishish mumkin: uch-to‘rt yil sidqidildan, astoydil ishlab o‘zingiz uchun tajriba va ko‘nikmalarni orttirasiz, muvaffaqiyatli kompaniyalar qanday ishlashini o‘rganasiz, ustiga ustak o‘z biznesingizni boshlash uchun dastlabki sarmoyani ham ishlab olishingiz mumkin. Xodim sifatida biror korxonada yutuqqa erishsangiz, lavozimingiz va maoshingiz oshib borsa, demak, xususiy biznesda ham yutuqqa erishishingiz ehtimoli katta. Biznes boshlashning erta-kechi yo‘q.

    “Daryo” izohi: Shukurulla Fayzullayev 1993-yildan beri xususiy biznes bilan shug‘ullanadi, oziq-ovqat sohasidagi faoliyatini esa 1999-yildan boshlagan — uni kartoshka chipslari ishlab chiqaradigan va pechenye ishlab chiqarishga kirishayotgan qo‘shma korxonaga direktor o‘rinbosari sifatida taklif qilishgan. Bir yil ichida korxona o‘z vaqtida ancha mashhur bo‘lgan “Bonton” pechenyelarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, Shukurulla Fayzullayev esa direktorga aylangan.

    “MuzA”ning eng mashhur pechenyelaridan biri — qatlamli quloqchalar 13 yildirki o‘z xaridorgirligini yo‘qotmayapti

    “MuzA”ning eng mashhur pechenyelaridan biri — qatlamli quloqchalar 13 yildirki o‘z xaridorgirligini yo‘qotmayapti

    O‘zingiz uchun segmentni aniqlang, tinmay izlaning

    Nima ishlab chiqarish yoki qanday xizmat ko‘rsatish borasida bir to‘xtamga kelgach, o‘zingiz uchun bozor segmentini aniqlab oling: arzon va ommabop tovar chiqarmoqchimisiz yoki yuqori sifatli, ammo shunga yarasha qimmat mahsulot taklif etmoqchimisiz? Shundan kelib chiqib, raqobatchilarni va bozordagi vaziyatni yaxshilab o‘rganing. Atrofga diqqat bilan boqing, faoliyatingiz bilan bog‘liq yangiliklarni internetda o‘rganing, ko‘rgazmalarda (jumladan, xorijdagilarida ham) qatnashing — u yerda qiziqarli odamlar (ehtimol, siz uchun juda zarur mutaxassislar) va foydali ma’lumotlar juda ko‘p bo‘ladi.

    “Daryo” izohi: “MuzA” kompaniyasi “Slavyanskiye” pryaniklari bilan bir qatorda ma’lum muddat uning nisbatan arzon muqobili — “Sabo” pryaniklarini ham bozorga chiqargan. Lekin keyinroq undan voz kechgan — o‘sha vaqtda arzon pryaniklar bozori boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq egallab bo‘lingan edi, boz ustiga “Sabo” sabab “MuzA” obro‘ jihatidan ham yo‘qotishlarga uchrashi ehtimoli oshgan. Kompaniya sifatli, lekin qimmat mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.

    Tezda taslim bo‘lmang

    Barcha pullaringizni sarflab, birdan katta biznes boshlashga urinmang. Hech narsasiz qolgandan ko‘ra bosqichma-bosqich, asta-sekin rivojlangan ma’qul. Bir emas, bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz ham taslim bo‘lmang, tushkunlikka tushmang. Yomon natija ham — natija, aslo fojia emas. Orttirgan tajribangiz o‘zingiz bilan qoladi, kelasi safar ehtiyotkorroq bo‘lasiz, avvalgi xatolarni takrorlamaysiz.

    Loyiha yaxshi bo‘lsa, moliyalashtirish muammo emas

    Eng asosiy masalalardan biri — bu moliyalashtirish. Lekin siz o‘z loyihangiz bilan kerakli odamlarni qiziqtira olsangiz, moliyalashtirish nisbatan oson hal etiladigan masalaga aylanadi. Hatto o‘z tanishlaringiz va qarindoshlaringiz orasida ham loyihangizni moliyalashtirishga tayyor odamlar topilishi mumkin. Loyiha biror muvaffaqiyatli biznesmenni qiziqtirib qo‘yishi yoki yaxshi biznes-loyiha uchun bank kredit taqdim etishi mumkin. Agar hech kim moliyalashtirishni istamasa, unda loyihangizni tanqidiy ko‘rib chiqing, ehtimol uni o‘zgartirish yoki undan voz kechish kerakdir.

    “Daryo” izohi: Shukurulla Fayzullayev ortiq birovning qo‘lida ishlashni istamay, 2001-yili ishdan bo‘shagan. Shaxsiy biznesni boshlash vaqti yetib kelgandi, biroq u o‘ylagan loyihani ishga tushirish uchun zarur mablag‘ — kamida 10 ming dollar miqdoridagi mablag‘ unda yo‘q edi. Shunda uni o‘z ukasi qo‘llab-quvvatlagan — o‘zi uchun bir necha yil yiqqan 11 ming dollar pulini akasi o‘z biznesini boshlashi uchun bergan. Ta’sischining mehrini inobatga olmasa, bu “MuzA”ga kiritilgan ilk investitsiya edi.

    “MuzA”ning qatlamli xamirlari, muzlatilgan qatlamalari va muzlatilgan lag‘monlari o‘z vaqtida bozorda haqiqiy yangilik va shov-shuvga aylangan, bu borada kompaniya hamon bozor yetakchilaridan biri

    “MuzA”ning qatlamli xamirlari, muzlatilgan qatlamalari va muzlatilgan lag‘monlari o‘z vaqtida bozorda haqiqiy yangilik va shov-shuvga aylangan, bu borada kompaniya hamon bozor yetakchilaridan biri

    Uyqingizda ham loyihangizni o‘ylab yashang

    O‘z oldingizda katta, lekin sog‘lom maqsadlar qo‘ying. “Shu loyihani amalga oshirmasam bo‘lmaydi” degan, miyaga o‘rnashib qoladigan g‘oya bilan yashang. Loyihangiz kerak bo‘lsa tushlaringizga kirib chiqsin. Ya’ni, hamma narsa maqsadga yetishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

    “Daryo” izohi: Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev — biznesmen. U o‘z intervyularining birida Akfa yo Artel korxonalarini ochishdan ancha avval bir orzu bilan yashaganini, hatto tushlarida ham shu orzusini ko‘rganini aytgandi: “Bittagina zavodim bo‘lsa edi, menga boshqa narsa kerak emasdi”. Keyinchalik Ortiqxo‘jayevning zavodlari ko‘payib ketdi, uning o‘zi ishlab chiqarishga nisbatan muhabbatni “xastalik” deb ataydi.

    Qayta tug‘ilish

    “MuzA”ning 2001-yildan buyon bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotmay, yetakchilardan biri bo‘lib qolishida asosiy sabab — kompaniyaning izlanishdan, yangilikka intilishdan to‘xtamasligidir. 2018-yilda kompaniya katta rebrendingni amalga oshirib, xuddi qaytadan tug‘ilgandek bo‘ldi — logotip va qadoqlar dizayni va ko‘rinishi tubdan o‘zgartirildi, mahsulotlar logistikasi yaxshilandi (ko‘cha-ko‘yda “MuzA”ning yangi, ochiq va yorqin brendi tasvirlangan mashinalar ko‘payib qolgan).

    Brend va qadoqlar yangi, lekin o‘zgarishlar birgina tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq emas — barcha mahsulotlarning sifati ham yanada yaxshilanmoqda, turlari esa kengaymoqda. Allaqachon xaridorlar mehrini qozonib ulgurgan chak-chak, limonli ruletchalar, asalli va tvorogli piroglar qatoriga shokoladli “San-Felipe” va mevali “Lesnaya yagoda” tortlari ham qo‘shilgani ajoyib bir xushxabar bo‘lsa, ichi qiyomli maffinlar esa yoshlarga manzur bo‘lishi tabiiy.

    “MuzA”ning nafaqat brendi va qadoqlarining ko‘rinishi, balki bejirim qadoqlar ichidagi shirinliklarning sifati ham yaxshilanmoqda

    “MuzA”ning nafaqat brendi va qadoqlarining ko‘rinishi, balki bejirim qadoqlar ichidagi shirinliklarning sifati ham yaxshilanmoqda

    17 yil — bu debocha, bo‘lajak katta muvaffaqiyatlar arafasidagi bir tayyorgarlik pallasi. “MuzA”da ham shunday — hammasi endi boshlanyapti! Kompaniya o‘zining yangi va mazali mahsulotlari bilan xaridorlarga bayram kayfiyati ulashishda davom etadi.

    • Sayt: www.muza.uz
    • Telefon: (+998-71) 246-80-43, (+998-71) 246-88-33
    Reklama huquqi asosida

    28.12.2018, 21:00   Izoh (0)   22037
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    New Millennium Concept Store’da Yangi yil marosimi ayni avjida! 29-dekabrdan 31-dekabrga qadar barchasiga 30% chegirmalar — Wonderful time!

    28.12.2018, 18:00

    Tashkent City: Yil sarhisobi yoki uzluksiz mehnat samarasi

    28.12.2018, 15:00

    Freedom Finance XK MChJ “Qo‘qon mexanika zavodi” AJ aksiyalariga obuna kampaniyasi yakunlarini e’lon qildi

    28.12.2018, 12:00

    Yog‘li yuz va husnbuzarlar endi muammo emas!

    27.12.2018, 15:00

    Daromadini yanada oshirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun yanvar oyida Forta Business Education’dan 2 ta seminar!

    27.12.2018, 12:00

    LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi bilan mazali taomlar tayyorlang!

    27.12.2018, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.