Bugun, 23-dekabr kuni tush vaqtida 94 yoshida vafot etgan jamoat arbobi, “Nuroniy” jamg‘armasi taniqli vakili, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Madaminjon ota Hasanov Toshkentdagi “Minor” qabristoniga dafn qilindi. Bu haqda jurnalist Rahimjon Sultonov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Janozani O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov o‘qidi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Madaminjon ota xonadoniga tashrif buyurib, uning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)