IIV xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 22-dekabr kuni Darxon MFYda yashovchi, o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi, S.A. yuziga niqob kiygan holda pichoq bilan qurollanib, fuqaro N.A. (ismli ayol)ning uyiga bostirib kirib, uni kurak qismiga pichoq urib, jarohat yetkazib, 294.000 so‘m puli va hisobida puli bo‘lmagan bank plastik kartochkasini olib voqea joyidan yashiringan.
Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida S.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)