Yirik jamoat arbobi, “Nuroniy” jamg‘armasining taniqli vakili, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Madaminjon ota Hasanov shu yil 22-dekabr kuni 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Madaminjon ota xonadoniga tashrif buyurib, uning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.
Izoh (0)