Surxondaryo viloyatining Denov tumanida shu yil 30-noyabr kuni noma’lum shaxs Chagam mahallasida yashovchi, fuqaro X.V.ga tegishli shu mahalla hududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan 2 bosh qoramollarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uzun tumani Yangiro‘zg‘or mahallasida yashovchilar, I.R. va Z.U.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.
Izoh (0)