Facebook asoschisi Mark Sukerberg Forbes talqini bo‘yicha omadsiz milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Sukerbergning boyligi 2018-yilda 18,7 milliard dollarga kamaygan.
Nashr tomonidan qayd etilishicha, Facebook asoschisi “asosiy omadsizlar” ro‘yxatida yagona amerikalik bo‘lgan.
Omadsizlar uchligiga Zara brendi egasi Amansio Ortega hamda shinalar va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan Continental AG kompaniyasi egasi Georg Sheffler kirgan.
Izoh (0)