Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi “Neyva” bankida umumiy qiymati 1,2 million dollar va 1,1 million yevrolik haqiqiy kupyuralardan iborat Yangi yil archasi o‘rnatildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bank boshqaruv rasining o‘rinbosari ma’lum qilishicha, archa bankning qo‘riqlanadigan, ishonchli himoyalangan joyida joylashgan.
Noodatiy archa bank xodimlarining rahbariyat roziligi bilan qilingan jamoaviy tashabbusi hisoblanadi.
Izoh (0)