Turkiya Suriyaning shimoli-sharqidagi terrorchilarga qarshi rejalashtirilgan harbiy operatsiyani ortga surdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbuldagi chiqish vaqtida ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya yaqin kunlar emas, balki yaqin oylar ichida boshlanadi. Bunday qaror AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqotidan keyin qabul qilingan. Operatsiya vaqtida Anqara hududni terrorchilar deb hisoblanadigan kurdlardan va IShIDning qoldiq guruhlaridan tozalashni ko‘zlamoqda.
Erdo‘g‘on AQShning Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar istalgan darajaga chiqmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)