Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari kengashi 2019- yilda beriladigan davlat mukofotlariga tavsiyanomalar kelgusi yilning 25-yanvarigacha qabul qilinishini ma’lum qildi.
Davlat mukofotiga hukumatning boshqa mukofoti bilan ilgari taqdirlangan mualliflar ham istisno tariqasida tavsiya etiladi.
Mualliflar jamoasi tarkibiga vafot etgan, lekin ishni bajarilishida qo‘shgan hissasi ahamiyatga ega bo‘lgan shaxslar ham kiritilishi mumkin.
Fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotiga ko‘rsatilayotgan ilmiy tadqiqotlar, adabiy va badiiy asarlar matbuotda e’lon qilingan, texnika va texnologiyalar bo‘yicha bajarilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan bo‘lishi kerak.
Musiqa, teatr, kino, tasviriy va boshqa xil san’at asarlari, konsertlar, ko‘rgazmalar, teatrlar, radio va televideniye orqali e’lon qilingan, keng jamoatchilikka tanishtirilgandan keyin, me’morchilik asarlari bo‘yicha obyektlar esa foydalanishga topshirilgandan so‘ng bir yil o‘tgach tavsiya etilishi mumkin.
Izoh (0)