Toshkent shahri IIBB YHXB YPX inspektorlari 2018-yilning 1-yanvaridan 19-dekabriga qadar yo‘l harakati qoidalarini buzgan 28 812 nafar piyodaga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzgan. Bunda dekabr oyining 19 kuni davomida 6816 nafar piyoda ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasiga binoan, piyodalar tomonidan yo‘l harakatini tartibga soluvchi ishoralarga bo‘ysunmaslik, belgilanmagan joydan qatnov qismini kesib o‘tish, yo‘lning qatnov qismida harakatlanish chog‘ida telefondan foydalanish, kitob yoki davriy nashrlarni o‘qish, videomateriallarni tomosha qilish va audiomateriallarni eshitish, shuningdek, boshqa diqqatni chalg‘ituvchi elektron vositalardan foydalanish EKIHning uchdan bir qismi miqdorida jarimaga tortishga sabab bo‘ladi.
Izoh (0)