• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chegirma bor, lekin chipta yo‘q

    UZ24 “Oila davrasida” muxbiri G‘ulomjon Mirahmedovning “Chegirma bor, lekin chipta yo‘q” sarlavhali maqolasini e’lon qildi. Ushbu maqolada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan bayram oldi poyezd chiptalariga chegirma e’lon qilinishi, lekin ushbu arzonlashtirilgan narxlarga kassalardan chipta topish deyarli imkonsiz ekanligi haqida gap boradi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Noshukr bo‘lmaylik, deya olmayman

    So‘nggi yillarda mamlakatda inson uchun qilingan eng zo‘r ishlar sanalsa, bayramlarda dam olish kunlarining ko‘paytirilgani kuchli beshtalikdan o‘rin olsa ajab emas. To‘g‘ri-da, “Kambag‘alning bir to‘ygani — boy bo‘lgani” deganlaridek menga o‘xshagan to‘qqizdan oltigacha idorada ishlashga va oylikka yashashga “mixlab” qo‘yilganlar uchun katta gap bu. Mana, Yangi yil bayrami munosabati bilan naqd besh kun dam olamiz.

    Kecha oilamiz davrasida shu haqda gap bo‘ldi. Televizor ko‘rib o‘tirgandik, yurtimizning muqaddas qadamjolari haqida juda qiziqarli ma’lumotlar berildi. Televizor ko‘rib o‘tirgan onam beixtiyor “Qani endi, imkoniyating bo‘lsa-yu, shunday joylarga bi-ir aylanib kelsang...” dedi sekingina. Ichimdan nimadir uzilganday bo‘ldi. Xayolga cho‘mib qoldim… O‘ylab qarasam, yoshim o‘ttizdan oshibdi hamki, o‘g‘il bo‘lib, ota-onamni biror joyga sayohatga yo ziyoratga olib bormabman.

    Ishxonaga keliboq, darrov Toshkent temiryo‘l vokzaliga qo‘ng‘iroq qildim. “Menga 29 yoki 30-dekabr kunlarga Samarqandga ikkita bile...” “Umuman bilet yo‘q!!” Qoyil-e, gapimni tugatishga ulgurmadim ham...

    Bunday holatga mendan boshqa juda ko‘pchilik tushgani, shubhasiz. Bayram arafasida biror joyga sayohat qilish u yoqda tursin, zarurat yuzasidan bir qadam nariga chiqish eng katta muammoga aylanadi. Ya’ni, yo‘l-transport muammosi!

    Tabiiyki, samolyotga hammaning ham qurbi yetmaydi, ayniqsa, oylikka kun ko‘radigan odamning. Temiryo‘l vokzalining ahvolini yuqorida aytdik. Avtobus qatnovi juda cheklangan, sababi faqat kunduzi harakatlana oladi. Xususiy taksilar esa, yil davomida ayni shu “sezon”da ishlashni kutib yashaydi.

    Endi ozib-yozib bir sayohatga chiqmoqchi bo‘lgan odamning ahvolini tasavvur qilavering. Xo‘sh, muammo nimada? Keling, shu haqda biroz mulohaza yuritaylik.

    Bilasiz, bugun mamlakatimizda xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb etish uchun ularga har tomonlama sharoit va imkoniyat yaratishga harakat qilinmoqda. Yengillik va afzalliklar berilmoqda. Albatta-da, turizm iqtisodiyotni eng tez rivojlantiradigan sohalardan biridir. Jumladan, ichki turizmning ham xalqimiz hayotida, oila davrasidagi tarbiyada, xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojida o‘rni beqiyos.

    Ammo ichki turizmni rivojlantirish uchun faqat targ‘ibotning o‘zi kifoyamikan? Mehmonxona, transport kabilarda mahalliy aholi — sizu biz uchun qanday qulaylik va chegirmalar bor?

    To‘g‘ri, o‘ziga to‘q, boy-badavlat oilalarga istagan joyga sayohatga borish muammo emas: pul bo‘lsa, changalda sho‘rva! Ammo o‘rtahol, oylik-maoshga qaragan oila vakillari yetti o‘ylab bir kesishga majbur. Bunday yurtdoshlarimiz ro‘zg‘oridan mablag‘ orttirib, xorijiy davlatlar u yoqda tursin, hatto o‘zimizdagi qadamjolarga borishi ham amrimahol. Harqalay, u viloyatdan bu viloyatga borish uchun ham ancha-muncha pul jamg‘arish kerak bo‘ladi.

    Aslida ichki turizmni rivojlantirish uchun mahalliy aholiga ham qulaylik yaratish, qandaydir chegirmalar joriy qilish zarur. Shunda ko‘pchilik yurtimiz bo‘ylab sayohat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan davlatimiz ham, xalqimiz ham birday naf ko‘radi.

    Tasavvur qiling, biror bir joyga ziyoratga bormoqchi bo‘lsangiz, viloyatlararo, shaharlar­aro maxsus sayohat transportlari qatnovi yo‘lga qo‘yilsa. Yo‘l haqi nisbatan arzon qilib belgilansa. Chipta sotishda sun’iy to‘siqlaru ma’muriy byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasa... Mayli, bular hali orzu. Hozir borini ko‘rib turaylik.

    Axir, kuni kecha “O‘zbekiston temir yo‘llari”, degan katta kompaniya chegirma e’lon qildi-ku. Buncha noshukr bo‘lmaylik, degim keladi. Ammo deya olmayman. Sababi...

    “Kechikdingiz, chiptalar tugagan”

    Bundan bir necha kun ilgari ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan joriy yil 30-dekabrdan 2019-yil 3-yanvargacha mahalliy va tezyurar “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha qatnovi joriy qilinishi, chiptalar chegirma asosida sotilishi xususida xabarlar tarqaldi.

    Telefonga ham ishonmasdan, darhol vokzalga qarab yo‘l oldim.

    Biroq, attangki, erta quvonibman...

    Janubiy vokzalga kirib, 30-dekabrdan 3-yanvargacha e’lon qilingan chegirmalar bo‘yicha Samarqandga ikki kishilik chipta so‘radim. Chiptalar narxi vagoniga (ekonom, biznes, VIP) qarab, 105 ming so‘mdan 204 ming so‘mgacha ekan.

    Buni qarangki, “Afrosiyob” poyezdida 20-dekabardan to 5-yanvargacha birorta bo‘sh joy yo‘q. Hatto, “ekonom” vagonda ham. Qoyil-ey, hali bayram kelmasidan shuncha joy to‘lib qolgan bo‘lsa-ya? Ishonish qiyin... Axir, bayram bahona qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilsa-yu, shunda ham joy topilmasa? Yoki bu yerda biz bilmagan boshqa gap bormikan?

    Shu o‘rinda bir jihatga ­e’tibor bering. Mahalliy va tezyurar “Afrosiyob” poyezdlari chiptalariga chegirmalar joriy qilingani haqidagi xabar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ saytida 12-dekabr kuni e’lon qilindi. O‘sha kunning o‘zidayoq, Toshkent markaziy vokzal ma’lumotxonasiga (10-05) qo‘ng‘iroq qilib, 30-dekabr kuniga oilaviy sayohat uchun Samarqand yoki Buxoro shahriga chipta so‘radik. Afsuski, operator shu kunga bironta chegirmali chipta qolmaganini ma’lum qildi...

    ...Mustaqillik bayrami arafasida bir kursdoshimizning uyiga mehmonga borishga to‘g‘ri keldi. O‘shanda ham bayram arafasi emasmi, vokzaldan “Afrosiyob” poyezdiga chipta topolmadik. Hammasi sotib bo‘lingan deyishdi. Biz ham bo‘sh kelmadik. Tanish-bilishni o‘rtaga solgan edik, bir emas, ikki emas — naqd o‘nta chipta topdik! Buni qarangki, biz chiqqan poyezdda bizdan tashqari, atigi besh-olti kishi bor edi, xolos. Samarqandga borguncha vagon o‘rindiqlarining deyarli yarmi bo‘m-bo‘sh ketdi...

    Xo‘sh, bu safar — Yangi yil bayrami arafasida ham shunday bo‘lmayaptimi? Kassalarda “tugagan” chiptalar birovlar aralashsa, qanday qilib topil­yapti? Kassada “yo‘q” chiptalar “qora bozor”ga qayerdan kelib qolyapti? Vokzal atrofida chipta kerakmi, deb turgan dallollar o‘sha chiptalarni qanday olib beryapti?

    Bayram bahona...

    Xullas, “Afrosiyob” poyezdiga chipta topolmagach, yengil mashinalarning narx-navosini surishtirib ko‘rdim. Ayni paytda, deylik, Samarqandga 70-80 ming so‘mdan qatnayotgan taksilar bayram kunlari 90-100 mingdan qatnashini yashirib o‘tirishmadi. Narx, hatto, bundan ham ko‘tarilishi mumkin ekan. Ba’zi kirakashlarning aytishicha, ko‘pchilik hozirdanoq joy band qilmoqda. Shu bois, bayram arafasida taksi topish ham bir muncha qiyin bo‘lishi mumkin ekan.

    Bu taksilarga e’tiroz bildirishning o‘zi mantiqsiz. Mashinasi shaxsiy bo‘lsa, o‘zi xohlagan narxni aytaveradi-da. Uning kirakashlik qilishi uchun o‘tkazib qo‘ygan joyimiz bo‘lmasa? Litsenziya asosida ishlaydigan viloyatlararo taksini topishning-ku o‘zi muammo.

    Avtobuslarni aytmasa ham bo‘lar ekan. “Samarqand, Samarqand...” deya odam chaqirib turgan yigitning aytishicha, bayram arafasida, xavfsizlikni ta’minlash vajidan, ularning qatnovi qisqartirilarmish.

    Teskari harakat

    Ko‘rib turganingizdek, bir tomondan davlatimiz ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha dam olish kunlari ­e’lon qilyapti, aholiga qulaylik yaratish uchun qo‘shimcha qatnovlar tashkil etmoqda. Boshqa tomondan ba’zi bir kimsalar bundan unumli foydalanib qolishga intilyapti.

    Aslida bayram bahona cho‘ntagini qappaytirib olish payida bo‘layotganlar davlatimizning xayrli g‘oya va tashabbuslari mazmun-mohiyatini, ahamiyatini tushunarmikan? Hech bo‘lmasa, oylikka yashaydigan odamlarning biror joyni ziyorat qilib kelishi uchun o‘zidan, ro‘zg‘oridan zo‘r-bazo‘r orttirib, farzandlari rizqini qiyib, pul to‘plashi naqadar qiyinligini his qilisharmikan?

    ...Darvoqe, ota-onamni Samarqandga taksi yoki avtobusda yuborishga ko‘zim qiymadi. Ko‘p qatori yo‘l tutdim: tanish-bilishni ishga solib, “Afrosiyob” poyezdiga Samarqandgacha ikkita chipta topdim. Poyezd vagonlari haqiqatan ham to‘la bo‘lgan yoki bo‘lmaganini esa, ota-onam qaytgach, so‘rab bilib olaman...

     

    21.12.2018, 16:06   Izoh (0)   32989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olindi

    21.12.2018, 15:55

    Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida 23 ta 9 qavatli uy quriladi

    21.12.2018, 15:33

    Xalq ta’limi vazirligi: Ota-onalardan noqonuniy ravishda yozma kafolatlarning talab etilishi noto‘g‘ri

    21.12.2018, 15:08

    Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar berdi

    21.12.2018, 14:34

    Uzcard: Endi kartalarni bankomatlar orqali naqd pul bilan to’ldirish mumkin

    21.12.2018, 14:17

    O‘zbekistonda birinchi marta moliyaviy texnologiya markazi ochildi

    21.12.2018, 13:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.