Rossiya qurolli kuchlari Arktikada qo‘shinlar joylashgan hududlarda ekologik zararni barataraf etish bo‘yicha ishlarning 91 foizini yakunladi. Bu haqda Regnum xabar berdi.
2015-yildan buyon ekologik bo‘linma tomonidan 104 ming kvadrat kilometrdagi hudud tozalangan. 18 ming tonnadan ortiq chiqindi yig‘ilgan va 16 ming tonna metallolom olib chiqib ketilgan. To‘qqiz ming kvadrat kilometr hududni tozalash qolgan.
Sovet ittifoqi davrida harbiy baza joylashgan Frans-Iosif yerini tozalash bo‘yicha loyihani amalga oshirish qolgan. Baza yopilganidan keyin arxipelagda neft mahsulotlari solingan 250 mingta hamda yana bir millionta bo‘sh bochka, shuningdek, buzilgan samolyotlar, mashinalar va turli texnikalar qolgan.
Izoh (0)