Yaponiyaning Fukuoka prefekturasida 74 yoshli pensioner 2017-yilning oktabr oyida vafot etgan rafiqasini bir yildan ortiq vaqt davomida dafn etmadi. Bu haqda AsiaOne xabar berdi.
Rafiqasining vafotidan keyin 74 yoshli Okuda Yosixisa uning qoldiqlari bilan birga yashashni davom ettirgan. Jasaddan chiqadigan hidni yo‘qotish uchun erkak uni havo namlantiruvchi vositalar bilan o‘rab qo‘ygan.
Keksa erkakning uyi buzilishga tushganda, u jasadni qoldirib ketgan. Murdani uyni ko‘zdan kechirgan ishchilar topgan. Ular bu haqda politsiyaga xabar bergan. Shundan so‘ng Yosixisa qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, ayolning hayotligida uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan. U nikohni rasman qayd etmagan va erining nafaqasiga yashagan.
Izoh (0)