Rossiyaning yadro kallakli qanotli raketalarni tashiy oladigan “Tu-160” strategilk tashuvchilariga ega harbiy bazasi AQShning materik qismi uchun doimiy jiddiy strategik tahdidini yuzaga keltiradi. Bu haqda The Drive yozmoqda.
Nashr Venesuelaning Karib dengizidagi harbiy baza qurilishi mumkin bo‘lgan Orchila oroli suratini taqdim etgan va Rossiyaning bunday obyektni qo‘llab-quvvatlashiga hech qanday kafolat yo‘qligini qayd etgan.
Boshqa tomondan, nashr so‘nggi vaqtlarda orolda bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tibor qaratgan. U yerda “Tu-160” bilan operatsiyalar o‘tkazish uchun yetarli uzunlikka ega bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi paydo bo‘lgan.
Izoh (0)