Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda Rossiyaning ikkinchi harbiy bazasi ochilmasligini aytdi. Bu haqda u 19-dekabr kuni prezident matbuot xizmati tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-konferensiyada ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.
Jeenbekovning aytishicha, mamlakatda Rossiyaning ikkinchi harbiy bazasi ochilishi haqida suhbat bo‘lmagan.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kantdagi harbiy havo bazasiga ko‘proq e’tibor qaratgan. U kengaytirilmoqda. Bitta harbiy havo bazasi yetarli”, degan Qirg‘iziston prezidenti.
Ma’lumot uchun, 2003-yilda Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida Kant aviabazasini 15 yilga Rossiyaga ijaraga berish haqida bitim imzolangan.
Izoh (0)