Barnaul shahrida yashovchi tojikistonlik Farid Madolimov har juma kuni pensionerlarga bepul non tarqatadi. Bu haqda “News.tj” xabar berdi.
Bu haqda “Altayskaya Pravda” nashriga pensionerlar tomonidan ta’sirli maktub yo‘llandi.Pensionerlar Faridning avvallari tamaki sotiladigan do‘konni fayzli meva va sabzavot do‘koniga aylantirgani haqida yozgan.“U har bir mijozga samimiy munosabatda bo‘ladi. Do‘koniga zaif keksa odam kirayotganini ko‘rsa unga yordam beradi. Albatta, biz nafaqa olamiz va o‘zimiz uchun non sotib olishga qodirmiz. Ammo g‘amxo‘rlik insonga juda yoqimli. Agar barcha yoshlarimiz bu ajoyib yigitga o‘xshasa edi!” — deb yoziladi maktubda.Farid Tojikistonning So‘g‘d viloyatidan Oltoy o‘lkasiga kelgan. U va uning xotini ikki nafar qizi va o‘g‘ilni tarbiyalayapti.“Vatanimdagi barcha shunday ish tutadi va men Sibirga ishlash uchun kelib, bu an’anani davom ettiryapman. Juma, musulmonlar uchun ibodat kuni. Har bir inson o‘z yaqini bilan borini baham ko‘rishi kerak. Nondan-da yaxshiroq va azizroq nima bo‘lishi mumkin?”, — deydi Farid Madolimov.Farid shuningdek, Yangi yilda keksalarga olma va mandarin tarqatish haqidagi rejalari bilan bo‘lishdi. U o‘zining bobosi va buvisi yo‘qligini, shuning uchun, ehtimol, keksa insonlarni yaxshi ko‘rishini aytdi.
Izoh (0)