“Inter” sport direktori Piyero Auzilio jamoaning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi haqida fikr bildirdi, deya xabar beradi Goal.
“Ikardidan ko‘nglimiz to‘q. Har doim javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va hech narsadan qo‘rqmaydi. Men har doim imkoni boricha to‘g‘riso‘z bo‘lib, hammasini ma’lum qilib keldim. Mauroga ikki oy oldin shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqqan edik, ammo u taklifni hali qabul qilmadi. Lekin bu bilan oldinga siljimaymiz degani emas. Muzokaralarni va hamkorlikni davom ettirishni istaymiz. Ikardini “Yuventus”ga sotish haqidagi gaplar-so‘zlarga kelsak, men bunga izoh berishni xohlamayman, aksincha, faqatgina kulaman. Yangi yil arafasida yomon so‘zlarni aytishni istamayman. Xursandchilik bilan Ikardini hech qachon “Yuventus”ga o‘tmaydi, deb ayta olaman, — deydi Auzilio.
Ikardi joriy mavsum Italiya chempionatining 13 ta uchrashuvida 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)